XPeng X9 Ultra avtomobili qanday chipda taqdim etildi

11-noyabr 2025 14:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xpeng
Foto: MIIT

XPeng X9 Ultra yangi elektr MPV modeli Xitoyning Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi hujjatlarida rasman ko‘rindi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Model uchta Turing chipi bilan jihozlangan. Ularning umumiy hisoblash quvvati 2250 TOPS bo‘ldi. Ikki chip haydovchiga yordam beruvchi tizimning VLA modeli uchun ishlaydi. Uchinchi chip esa salonning aqlli boshqaruv tizimidagi VLM modeliga xizmat qiladi. Model ikki xil ko‘rinishda taqdim etiladi: old g‘ildirakdan tortuvchi va to‘liq yuritma. Batareyalar – uchlamchi litiy.

Foto: MIIT

Tashqi ko‘rinishda tuman chiroqlari joyi va pastki bamper yangilandi. O‘zgarishlar orqa bamperda ham davom etgan. Uzunlik 5316 mm, kenglik 1988 mm, balandlik 1785 mm. G‘ildirak bazasi – 3160 mm. Xaridorlar 19 dyuymli yoki 20 dyuymli g‘ildirakni tanlashi mumkin.

Bir dvigatelli versiya 235 kVt quvvat beradi. To‘liq yuritma esa oldda 235 kVt, orqada 135 kVt quvvatli ikkita elektromotorga ega. Batareyalar CALB tomonidan yetkazib beriladi.

Foto: MIIT

XPeng aksiyalari bozorida ijobiy o‘sish kuzatildi. 11-noyabr kuni kompaniya aksiyalari 15 foizga ko‘tarildi. Investorlar kompaniyaning uchinchi chorakdagi daromadi 20,4 mlrd yuan bo‘lishi mumkinligini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xpeng G6 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek