
Agar oilangizni mazali, shu bilan birga foydali taom bilan siylashni istasangiz, an’anaviy borsh aynan shunday tanlovdir. Bu taom qishda ham, yozda ham sevib iste’mol qilinadi.
Har bir pazandaning o‘ziga xos uslubi bo‘lganidek, Kursiv Uzbekistan ham sizga mazali retseptni taqdim etadi.
Masalliqlar jadvali
| Masalliq nomi | Miqdori |
|---|---|
| Mol go‘shti | 400 g |
| Qizil lavlagi | 250 g |
| Karam | 300 g |
| Kartoshka | 300 g |
| Sabzi | 200 g |
| Pomidor | 200 g |
| Pomidor pastasi | 1–2 osh qoshiq |
| Sarimsoqpiyoz tishchasi | 5 dona |
| Lavr yaprog‘i | 2 dona |
| Tuz va murch | Ta’bga qarab |
| O‘simlik yog‘i | Qovurish uchun |
| Smetana | Birga tortish uchun |
| Suv | 2,5 litr |
Tayyorlanish bosqichlari
1. Qozonga yog‘ solib qizdiring, to‘g‘ralgan mol go‘shtini solib, tillarang tus olguncha qovuring.
2. Piyozni go‘sht ustiga soling va birga biroz qovuring.
3. Qizil lavlagi va sabzini somoncha shaklda to‘g‘rab, qozonga soling. O‘rtacha olovda ikki daqiqa dimlang.
4. Qirg‘ichdan chiqarilgan pomidor va maydalangan sarimsoqpiyozni qo‘shib, qopqog‘ini yopgan holda 10–12 daqiqa dimlang.
5. Qaynoq suv quying, ko‘piklarni olib tashlang va past olovda 20–30 daqiqa pishiring.
6. Go‘sht yumshagach, tuz, murch, lavr yaprog‘i, to‘g‘ralgan kartoshka va karamni qo‘shing. 10–15 daqiqa pishiring.
7. So‘ng pomidor pastasi va qolgan sarimsoqpiyozni solib, 3 daqiqa qaynatib oling.
Tortish tavsiyasi
Borshni iliq holda smetana va mayda to‘g‘ralgan ko‘katlar bilan birga dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha!