
Yangi Toshkentda ko‘p funksiyali futbol stadionini barpo etiladi. Bu haqda prezedent matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bugun 11-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda Yangi Toshkentda ko‘p funksiyali futbol stadionini barpo etish loyihasi bilan tanishadi.
Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasi, jamoatchilik vakillari bilan birgalikda ushbu inshootga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilda futbol bo‘yicha U-20 JChga mezbonlik qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2027-yilgi FIFA «U-20» Jahon chempionati O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi.