BMW X5 2027 prototipi namoyon bo‘ldi — foto

17-noyabr 2025 08:18 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
BMW’ning 2027-yilgi X5 prototipi namoyon bo‘ldi / Foto: Carscoops

BMW X5’ning yangi G65 prototipi suratlari oshkor bo‘ldi. Bu haqda Carscoops ma’lum qildi.

Avvalgi test modellardan farqi — seriyali old va orqa faralar, ular krossoverning ko‘rinishini aniqroq ko‘rsatadi. Old faralar iX3’ga o‘xshash, orqa faralar esa yangi yorug‘lik naqshini olgan.

Foto: Carscoops

BMW rahbari Oliver Tsipse ma’lum qilganidek, yangi X5 kelasi yilda taqdim etiladi. Model besh turdagi dvigatel variantlarini oladi: benzinli, dizel, ulanadigan gidrid, to‘liq elektr va vodorodli (2028-yildan bozorga chiqadi). 2027-yilga qadar BMW X5 M va Alpina B7 versiyalari ham rejalashtirilgan. Krossover yangilangan CLAR platformasida ishlab chiqariladi.

Foto: Carscoops

Ichki dizayn ham yangilanadi: Panoramik iDrive displey butun panel bo‘ylab cho‘zilib, uch hududga bo‘lingan va moslashuvchan sozlamalarga ega. Rul g‘ildiragi ikki rangli tikuv va mexanik tugmalar bilan jihozlangan. Markaziy displey esa Operating System X asosida ishlaydi va kengaytirilgan shaxsiy sozlamalar, haydovchiga yordam tizimlari hamda neyron tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Carscoops

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMW iX3 M Sport Package Pro 2026 taqdim etilgan edi.

Shuningdek