iPhone Fold eng katta akkumulyatorga ega bo‘lishi mumkin

17-noyabr 2025 12:12 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Apple
Foto: WCCF Tech

Apple kelasi yilda o‘zining birinchi bukiladigan smartfonini taqdim etishi kutilmoqda. WSSF ma’lumotiga ko‘ra, iPhone Fold deb atalishi mumkin bo‘lgan model 5400 – 5800 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan sinovdan o‘tkazilmoqda.

Agar kompaniya yuqori variantni tanlasa, bu iPhone tarixidagi eng katta batareya bo‘ladi.

Fold o‘lcham jihatidan ham Apple smartfonlari orasida eng kattasi bo‘lishi aytilmoqda. Qurilmaning aniq vazni haqida ma’lumot yo‘q, ammo Apple odatda og‘irlikni kamaytirishga unchalik e’tibor bermaydi.

Manbaning aytishicha, yaqinda tarqalgan iPhone 18 Pro Max qalinlashishiga oid xabarlar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Gap aslida bukiladigan modelning qalinligi haqida ketmoqda. Agar Air 2 chiqarilsa, u ham hozirgi avloddan qalinroq bo‘lishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iPhone Air sotuvi past bo‘lgani bois Apple Air 2 rejasini to‘xtatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek