
GM kompaniyasi tomonidan AQSh bozori uchun yangi Chevrolet Blazer avtomobili taqdim etildi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.
Yangi Blazer’da komplektatsiyalar qayta ko‘rib chiqilgan. Xavfsizlik tizimlari kengaytirilib, dvigatel tanlovida ham o‘zgarishlar qilingan. Endi xaridorlar rasmiy onlayn konfigurator orqali mashinani o‘zlari xohlagancha jihozlab olishlari mumkin.
2026 Blazer qatori 2LT versiyasidan boshlanadi. Old g‘ildirakdan tortuvchi 2.0 L LSY turbobenzin dvigatelli versiya $36 mingdan boshlanadi. Bu o‘tgan yilgi narxdan $1 mingga arzon.

O‘rtadagi 3LT versiyasi esa $41,5 mingdan boshlanadi. 2026-yilda 3LT faqat 2.0 L LSY turbomotorda ishlab chiqariladi. Premier komplektatsiyasi ham butunlay chiqarib tashlangan. FWD konfiguratsiyali RS narxi $45 ming bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan $900 qimmatroq.
2026 Blazer’da V6 dvigateldagi versiyasini olish eng kamida $47 mingga tushadi. Taqqoslash uchun, 2025-yilgi 3LT V6 $41,5 mingdan boshlanar edi.

Narx:
| Model / Komplektatsiya | Drayv | Dvigatel | Narx |
|---|---|---|---|
| 2LT (2026) | FWD | 2.0L LSY | $36,1 ming |
| 3LT (2026) | FWD | 2.0L LSY | $41,5 ming |
| RS (2026) | FWD | 2.0L LSY | $45,4 ming |
| RS (2026) – V6 3.6L LGX | FWD (trailering bilan) | 3.6L LGX | $47,0 ming |
Model GM C1 platformasida ishlab chiqarishni davom ettiradi. Yig‘ish Meksikadagi GM Ramos Arizpe zavodida amalga oshiriladi. GM kompaniyasi yaqin yillarda Blazer’ning yangi yoki jiddiy yangilangan avlodini ishlab chiqishga allaqachon kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Chevrolet Sonic avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.