
24-noyabr kuni taqdim etiladigan Honor 500 Super seriyasi eng kuchli stabilizatsiya bilan taqdim etiladi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Yangi modellarga SOIS deb nomlangan stabilizatsiya tizimi qo‘llanadi. Unda CIPA 5.0 standartiga mos klassik stabilizatsiya, optik tuzatish mexanizmi va sun’iy intellekt yordamida tebranishni kompensatsiya qilish imkoniyatlari birlashtirilgan.
Asosiy kameradagi 200 MP sensorga AI Ultra-HD Portrait 2.0 algoritmi joriy qilinadi. Bu texnologiya portretlarni yanada tiniq va tabiiy qilishga yordam beradi. Sun’iy intellekt orqali yangi tasvir effektlari ham mavjud bo‘ladi.
Honor vakiliga ko‘ra, 500 Super seriyasi sanoatda yagona bo‘lib, portret rejimida ham old, ham asosiy kamerada bir vaqtning o‘zida tasvir yaxshilash funksiyalarini taklif qiladi.
Smartfonlar ommani o‘chirish funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma suratdan ortiqcha odamlarni kadrma-kadr avtomatik olib tashlay oladi.
Honor 500 Super seriyasining asosiy xususiyatlari allaqachon oshkor qilingan, to‘liq taqdimot esa 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri HONOR 500 smartfoni qanday kamera bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.