Usik WBO chempionlik kamaridan ayrildi

19-noyabr 2025 16:19 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: givemesport

Ukrainalik bokschi Oleksandr Usik Jahon boks tashkilotining (WBO) og‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamarini jangsiz topshirdi. Natijada britaniyalik bokschi, Fabio Uordli to‘liq chempion darajasiga ko‘tarildi.

Usik oxirgi marta 2025-yilning iyul oyida Daniel Dyubuani mag‘lub etib, mutlaq chempion bo‘lgan edi. U IBF og‘ir vazn toifasidagi chempioni bo‘lgach, bel jarohati sabab ringga chiqmadi. Bokschi 2026-yilda faoliyatini yakunlashni rejalashtirgan, biroq oktabr oyida bu qarorini o‘zgartirgan.

Foto: Reuters

Fabio Uordli oktabr oyida Jozef Parkerni mag‘lubiyatga uchratib WBO vaqtinchalik og‘ir vazn chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi. U avvalroq Usik bilan majburiy da’vogar sifatida jang qilishi kutilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Usik Toshkentga kelgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek