
Vivo kompaniyasi tomonidan yaqin kunlarda Vivo X Fold6 smartfoni taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.
Nashrda model haqida ilk texnik ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Yangi qurilma eng yuqori darajadagi platformaga emas, balki subflagman segmentiga mo‘ljallangan protsessorda ishlab chiqariladi. X Fold6 hali rasmiy e’lon qilinmagan Snapdragon 8 Gen 5 chipida ishlashi aytilmoqda.
Smartfonga 200 megapikselli kamera o‘rnatiladi. Taqqoslash uchun: o‘tgan yilgi X Fold5 Snapdragon 8 Gen 3’da ishlagan va uchta 50 MP kameraga ega edi. Demak, kameralardan biri sezilarli ravishda yangilanadi.
Qolgan tafsilotlar hozircha oshkor qilinmagan. Amaldagi Vivo X Fold modeli esa 8 dyuymli asosiy ekran va 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. X Fold6 ham shu yo‘nalishda yanada kuchliroq imkoniyatlar bilan chiqishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Vivo X300 Ultra haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.