Jeyk Pol sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga qarshi jang qiladi

20-noyabr 2025 16:00 eʼlon qilindi

(20-noyabr 2025 22:19 yangilandi)
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Netflix

Bloger va bokschi Jeyk Pol 19-dekabr kuni Mayamidagi «Kaseya Center» arenasida sobiq og‘ir vazn toifasi chempioni Entoni Joshua bilan kuch sinashadi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Sakkiz raundlik professional boks uchrashuvi Netflix platformasida jonli efirda namoyish etiladi. Bu 28 yoshli Jeyk Pol uchun faoliyatidagi eng jiddiy sinov bo‘lishi kutilmoqda. Uning hisobida hozirda 12 g‘alaba (7 nokaut) va 1 mag‘lubiyat mavjud.

Foto: Al Jazeera

Pol so‘nggi marta iyun oyida ringga ko‘tarilib, sobiq o‘rta vazn toifasi chempioni Xulio Sezar Chavesni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgan edi.

«Bu sun’iy intellekt simulyatsiyasi emas, bu hisob-kitob kuni. O‘z kuchining cho‘qqisida bo‘lgan elita darajasidagi jahon chempioniga qarshi professional og‘ir vazn jangi. Entoni Joshuani mag‘lub etganimda barcha shubhalar yo‘qoladi», – dedi Pol Netflix’ga bergan intervyusida.

Foto: Al Jazeera

36 yoshli Entoni Joshua ikki karra og‘ir vazn chempioni va Olimpiada oltin medali sohibi sanaladi. Britaniyalik bokschi 2024-yil sentabr oyida IBF chempionlik kamari uchun kechgan jangda Daniel Dyubuaga imkoniyatni boy berganidan so‘ng ringga chiqmagan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jeyk Pol 8 raundlik jangda Mayk Taysondan ustun kelgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek