BYD Yuan UP’ning yangi gibrid versiyasi taqdim etildi

24-noyabr 2025 15:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Autohome

BYD o‘zining mashhur BYD Yuan UP krossoveriga yangi gibrid versiya qo‘shdi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Yangi Yuan UP DM-i 90 km masofani faqat elektrda bosib o‘tadi. To‘liq zaryad va to‘ldirilgan bak bilan umumiy masofa 1000 km ga yetadi. Bu raqam modelning eng muhim yangiligi bo‘ldi.

Foto: Autohome

Koreys manbalarga ko‘ra, avtomobil 1,5 litrli atmosferali benzin dvigateli bilan jihozlangan. Uning quvvati 100 ot kuchi. Elektr motor esa 218 ot kuchiga ega.

DM-i gibrid tizimining bu 5-avlodi tejamkorlikka urg‘u berishi aytilmoqda. Modelning narxi hozircha oshkor qilinmadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD 3000 ot kuchiga ega yangi modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek