Wuling yangi Xingguang 560 krossoverini taqdim etadi

2-dekabr 2025 09:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: ITHome

Wuling Motors kompaniyasi Wuling Xingguang 560 nomli yangi krossover modelini taqdim qildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Avtomobil uch xil dvigatel bilan taklif etiladi: benzinli, gibrid va to‘liq elektr versiyalar. Xingguang 560 besh o‘rindiqli va yetti o‘rindiqli komplektatsiyalarda sotuvga chiqariladi.

Foto: ITHome

Modelning aniq o‘lchamlari hozircha e’lon qilinmagan. Avtomobil salonida charm yoki sun’iy charm bilan qoplangan o‘rindiqlar, markazda katta multimediya ekrani, to‘liq raqamli asboblar paneli va markaziy tunneldagi mexanik boshqaruv elementlarining yo‘qligi ko‘zga tashlanadi. Asosiy ekran diagonali 12,8 dyuym bo‘ladi. Uskunalar tarkibiga simsiz zaryadlash tizimi ham kiritiladi.

Xingguang 560 ning texnik ko‘rsatkichlari hali to‘liq ochiqlanmagan. Taqqoslash uchun, oiladagi Xingguang 730 modeli gibrid talqinda 1,5 litrli benzin dvigateli va elektromotor bilan jihozlangan bo‘lib, faqat elektr rejimida 125 km gacha masofa bosib o‘ta oladi (CLTC standarti). To‘liq elektr versiyasi 136 ot kuchiga ega va yurish zaxirasi 500 km gacha yetadi.

Foto: ITHome

Benzinli modifikatsiya esa 177 ot kuchiga ega 1,5 litrli dvigatel bilan taklif qilinadi. U 6 pog‘onali mexanik uzatma yoki variator bilan ishlaydi. Wuling Xingguang 560 bo‘yicha qo‘shimcha texnik tafsilotlar, narx va bozorga chiqish sanasi keyinroq ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xitoyda yangi Wuling Xingguang 730 miniveni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek