
Google yil yakuniga doir an’anaviy hisobotida 2025-yilda foydalanuvchilar eng ko‘p izlagan mavzularni ma’lum qildi. Unga ko‘ra, film kategoriyasida mutlaq yetakchi «Anora» bo‘ldi. Undan keyin Supermen va «Minecraft: Kino» kartinalari joy olgan.

Aktyorlar boʻyicha eng ko‘p qidirilgan shaxs – aktrisa Mayki Medison. Undan keyin Lyuiz Pullman va Izabela Merse’d ham qiziqish bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallagan.
Seriallar orasida esa «Monstrlar: Ed Gin tarixi» eng ko‘p izlangan loyiha bo‘ldi.

Shuningdek, «Kalmar o‘yini» (Squid Game) va «O‘tish davri» («Perexodnoy vozrast») ham yilning eng ko‘p qidirilgan seriallari qatoridan o‘rin oldi. Ma’lumot uchun, «Kalmar o‘yini»ning uchinchi mavsumi 27-iyun kuni premyera qilingandi.

Kompyuter o‘yinlari ichida foydalanuvchilar eng ko‘p Arc Raiders, Battlefield 6 va Strands nomlarini izlashgan.
Qo‘shiqlar matnlari bo‘yicha esa Bad Bunny — DtMF, Silent Open Up — Tabola Bale va Aleks Uorren — Ordinary 2025-yilning eng ko‘p qidirilgan kompozitsiyalari bo‘ldi.
Yilning eng ko‘p o‘qilgan yangiliklari qatorida Charlie Kirkning o‘ldirilishi, Eron voqealari va AQSh hukumatining vaqtincha faoliyati to‘xtatilgani haqidagi xabarlar yetakchilik qildi.

Shaxslar kategoriyasida esa D4vd, Kendrick Lamar va Jimmy Kimmel eng ko‘p izlanuvchi nomlar bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan YouTube Yil yakunlari funksiyasini ishga tushirgani haqida yozgandi.