Samsung Galaxy A37 va A57 modellarini muddatidan oldin taqdim etadi

10-dekabr 2025 12:27 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Videodan ekran tasviri

Samsung budjet va o‘rta segment uchun mo‘ljallangan Galaxy A liniyasining taqdimot jadvalini o‘zgartirmoqda. Kompaniya Samsung Galaxy A37 va A57 modellarini muddatidan oldin taqdim etadi.

Manbaga ko‘ra, Galaxy A07 5G smartfoni dekabr oxiri yoki yanvar boshida taqdim etilishi kutilmoqda. Eng muhim yangilik esa Galaxy A37 va Galaxy A57 modellari bilan bog‘liq. Avval bahorda chiqariladigan ushbu qurilmalar bu safar 2026-yil fevral oyida sotuvga taqdim etiladi.

Yangi smartfonlar Android 16 operatsion tizimi bilan chiqariladi. Galaxy A57 modeli Exynos 1680 protsessori va Xclipse 550 grafik yadrosi bilan jihozlanadi. Arzonroq Galaxy A37 esa Exynos 1480 chipi va Xclipse 530 grafik protsessoriga ega bo‘ladi.

Ushbu platformalar ishlash tezligini sezilarli oshirishi kutilmoqda. Natijada Samsung budjet hamda o‘rta segmentda unumdorlik bo‘yicha yanada kuchli raqobatbardosh mahsulotlarni taqdim qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung 3 ming dollardan qimmat modelini sotuvga chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek