Katta oilalar uchun Honda Pilot 2026 taqdim etildi

16-dekabr 2025 10:56 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: hondanews

AQSh bozorida katta oilalar uchun Honda Pilot 2026 rasman taqdim etildi. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.

Yangilangan uch qatorli yo‘ltanlamas katta sensorli ekran, boyitilgan salon, zamonaviy dizayn va yaxshilangan xavfsizlik funksiyalari bilan ajralib turadi.

Foto: hondanews

Modelning boshlang‘ich Sport komplektatsiyasi $42 mingdan sotuvga chiqmoqda. Honda Pilot 2026 Sport, EX-L, Touring, TrailSport, Elite va Black Edition kabi olti xil komplektatsiyada taklif etiladi.

Asosiy yangiliklardan biri – 12,3 dyuymli ultra keng sensorli ekran bo‘lib, u simsiz Apple CarPlay va Android Auto, o‘rnatilgan Google xizmatlari hamda 5G Wi-Fi bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Salon shovqini kamaytirilgan, ichki bezak va materiallar esa yanada hashamatli bo‘lgan.

Foto: hondanews

Texnik jihatdan Honda Pilot 3,5 litrli V6 dvigatel (285 ot kuchi) va 10 pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan. i-VTM4 to‘liq yuritma tizimi esa yuqori komplektatsiyalarda standart tarzda taklif etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oila uchun mo‘ljallangan Ford Explorer 2026 yangi dizaynda paydo bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek