«Manchester Siti» O‘zbekiston bilan bog‘liq hamkorlikka ishora qildi

16-dekabr 2025 15:58 eʼlon qilindi

(17-dekabr 2025 02:33 yangilandi)
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Manchester City FC

Angliyaning «Manchester Siti» klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali O‘zbekiston bilan bog‘liq hamkorlikka ishora qildi. E’lon qilingan postda 2025-yil 19-dekabr sanasi ko‘rsatilgan bo‘lib, shu kuni rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.

Foto: Manchester City

Klubning Instagram sahifasiga joylangan postda «O‘zbekiston… tayyormisiz? Ishonchli yangi hamkor yo‘lga chiqmoqda» degan murojaat va 19.12.25 sanasi aks etgan. «Shaharliklar»ning ushbu yurishi «City Football Group» xoldingining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi mumkinligiga ishora bo‘lishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 19.12.25 sanasidagi raqamlar kombinatsiyasida «Qo‘qon-1912» futbol klubiga yashirin ishora borligini taxmin qilishmoqda. Xususan, sanadagi 19 va 12 raqamlari klub nomidagi tashkil topgan yilga mos kelishi aytilmoqda, bu esa mahalliy klublardan birining xolding tizimiga integratsiya qilinishi ehtimolini kuchaytiradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 15-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev BAA vitse-prezidenti va «Manchester Siti» klubi egasi shayx Shayx Mansur Ol Nahayon bilan uchrashib, hamkorlikni muhokama qilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» Madridda «Real» ustidan irodali g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek