Xiaomi 15T smartfoni qanday imkoniyatlarga ega — sharh

19-dekabr 2025 13:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Ixbt

Xiaomi kompaniyasi bu mavsumda flagman liniyasini yangilab, an’anaviy T-seriyasini taqdim etdi. Ushbu seriya odatda flagmanlarga qaraganda arzonroq bo‘ladi, ba’zi funksiyalar esa soddalashtiriladi. Yangi modellardan biri – Xiaomi 15T o‘rta segmentga mo‘ljallangan bo‘lib, 15T Pro’dan biroz pastroq imkoniyatlarga ega. Quyidagi maqolada Xiaomi 15T smartfoni va uning asosiy xususiyatlari, kuchli tomonlari, kamchiliklariga to‘xtalamiz.

Ishlash protsessori

Xiaomi 15T MediaTek Dimensity 8400 Ultra protsessorida ishlaydi. Ushbu 8 yadroli chip yuqori unumdorlik va past energiya sarfi bilan ajralib turadi. Qurilma Android 16 asosidagi HyperOS 3 tizimi bilan ta’minlangan. AMOLED displey 6,83 dyuym, 120 Gs yangilanish tezligi va yuqori yorqinlik bilan ajraladi. Ekran yorqin quyoshli kunda ham yaxshi ko‘rinadi, tungi sharoitda esa minimal yorqinlik ko‘zni bezovta qilmaydi. Gorilla Glass 7i himoyasi qo‘llangan.

Foto: Ixbt

Tashqi dizayni

Smartfon tashqi ko‘rinishda sodda dizaynga ega. Keng ramkali, tekis korpus va burchakli shakllar uslubni zamonaviy qiladi. Biroq asosiy ramka plastikdan yasalgani seziladi. Qurilmaning og‘irligi 194 gramm, qalinligi 7,5 mm. Suv va changdan to‘liq himoya beruvchi IP68 standarti mavjud. Bu segment uchun bu katta afzallik.

Foto: Ixbt

Kamera tizimi

Xiaomi 15T uchta asosiy orqa kameraga ega: 50 Mp asosiy modul, 50 Mp 2× optik zumli telefoto va 12 Mp ultra keng kamera. Kun davomida tushirilgan suratlar yaxshi aniqlikka ega. Shovqinlar minimal, stabilizatsiya samarali ishlaydi. Kechasi esa rang balansi va kontrastdagi kamchiliklar seziladi. Video yozuv 4K 60 fps formatida amalga oshiriladi. Old kamera 32 Mp bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlar va videoaloqa uchun yetarli sifatni ta’minlaydi.

Foto: Ixbt

Batareya va akkumulyator

Smartfonning avtonomligi ham e’tiborga molik. 5500 mA/soat sig‘imli akkumulyator bir kunda faol ishlatishda ham bardosh beradi. 67 vatt kuchlanishli tezkor quvvatlash esa qisqa vaqtda zaryad to‘ldirish imkonini beradi. USB Type-C porti, NFC, Wi-Fi 6E, Bluetooth 6.0 kabi zamonaviy modullar qo‘llab-quvvatlanadi. Biroq microSD kartasini o‘rnatish imkoni yo‘q.

Smartfon ichida stereo tovush tizimi mavjud, pastki dinamik bilan birga old dinamik ham ovozni tarqatadi. Hajmi kichik bo‘lsa-da, ovoz balandligi yetarli. Displeydagi barmoq izi skaneri tez ishlaydi.

Foto: Ixbt

Xiaomi 15T’ning asosiy ustun jihatlari – yuqori sifatli AMOLED displey, kuchli protsessor, tezkor quvvatlash va IP68 himoyasi. Asosiy kamchiliklar esa kamera imkoniyatlarining flagman darajasiga yetmasligi va plastik ramka sifatida ko‘rsatilmoqda.

Narxi qisqacha aytganda, o‘rta segmentda yaxshi raqobatchi bo‘la oladi. 15T kundalik foydalanish uchun qulay, ammo ko‘proq kameraga talabchan foydalanuvchilar 15T Pro‘ga e’tibor qaratishlari mumkin. Xiaomi yangi model bilan funksional va munosib narx o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga erishgan.

Kursiv Uzbekistan eng ommabop smartfonlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek