
2026-yilning 6–24-yanvar kunlari Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik hakamlar guruhi va instruktorlar jamoasi faoliyat olib borishi tasdiqlandi.
Asker Najafaliyev turnirda bosh hakam sifatida ishlash uchun taklif etilgan. Unga qanotlarda tajribali yordamchi hakamlar Ruslan Serazitdinov va Baxtiyorxo‘ja Shavkatov ko‘maklashadi. Shuningdek, zamonaviy futbolning ajralmas qismi bo‘lgan VAR tizimida Firdavs Norsafarov faoliyat yuritadi.
Hakamlar ishini nazorat qilish va o‘yin davomida metodik yordam ko‘rsatish uchun Valentin Kovalenko instruktor sifatida jalb etilgan. Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan ushbu turnirda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ham qatnashadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston U-23 jamoasi xitoylik tengqurlari bilan durang o‘ynagani haqida xabar bergan edi.