
Hyundai Motor Group Hyundai Atlas gumonoid robotini taqdim etdi. Bu haqda Humanoidsdaily xabar bermoqda.
Kompaniya 2026-yilda Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES 2026 ko‘rgazmasida robototexnika va sun’iy intellekt bo‘yicha yangi strategiyasini taqdim etishini e’lon qildi.
Hyundai vakillarining ta’kidlashicha, sanoat hozirgacha asosan ishonchlilikni tekshirish bosqichida qolib ketgan. Atlas’ni real muhitda namoyish etish orqali kompaniya keyingi bosqichga o‘tayotganini ko‘rsatmoqchi. Bu bosqich robotlarni amaliy sharoitlarda sinovdan o‘tkazish va pilot loyihalar orqali joriy etishni o‘z ichiga oladi.
CES 2026 doirasidagi taqdimot 2026-yil 5-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Hyundai ushbu namoyish orqali Atlas’ning ishlab chiqarish, logistika va sanoat jarayonlarida real ishchi kuchiga aylanishga tayyor ekanini ko‘rsatishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Hyundai Staria avtomobili yangilangani haqida yozgan edi.