Sadriddin Hasanov «Braga» klubi libosida ko‘rinish berdi — foto

29-dekabr 2025 09:55 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Sports24.uz

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi yarim himoyachisi Sadriddin Hasanov faoliyatini Portugaliyaning mashhur «Braga» klubida davom ettirishi mumkin.

Futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda ushbu jamoaning mashg‘ulot libosida tushgan suratini e’lon qildi. Uning maydonni ko‘ra olish qobiliyati va texnik harakatlari xorijlik mutaxassislar, xususan, «Braga» skautlari e’tiborini tortgani taxmin qilinmoqda. Hozircha transfer borasida rasmiy bayonot berilmagan.

Foto: Instagram / Sadriddin Hasanov

Sadriddin Hasanov yakuniga yetayotgan 2025-yilgi mavsumda xalqaro maydonda barqaror o‘yin namoyish etdi. Uning yetakchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Qatarda bo‘lib o‘tgan U-17 Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan edi.

Qatardagi musobaqaning guruh bosqichida O‘zbekiston vakillari Paragvay (2:1) va Panamani (6:1) mag‘lub etib, Irlandiyaga (1:2) imkoniyatni boy berishdi. Nimchorak finalda esa Yevropa grandi Italiyaga qarshi kechgan dramatik bahsda 2:3 hisobida mag‘lubiyat qayd etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan The Guardian Sadriddin Hasanovni eng iqtidorli 60 nafar futbolchisi ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek