
Yangi yil ta’tili – oila a’zolari va yaqinlar bilan birga vaqt o‘tkazish, madaniy hordiq chiqarish va shahardagi bayramona muhitni his qilish uchun eng qulay davr. Toshkentda bu kunlarda kinoteatr, konsert va ochiq dam olish maskanlarida maxsus dasturlar tayyorlangan.
Kursiv Uzbekistan ta’tilni mazmunli o‘tkazish uchun eng ommabop yo‘nalishlar haqida ma’lumot beradi.
31-dekabr kuni namoyish qilinadigan kinolar
Dam olish kunlarida yaqinlar bilan kinoteatrga borish ham ajoyib tanlov. Quyida poytaxtda bayram kunlari kinoteatrlarda qanday filmlar namoyish qilinishi, vaqti va chiptalar narxini bilib olishingiz mumkin:
Magic Cinema

| Zal | Zal turi | Film nomi | Format | Seans vaqtlari | Til |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | VIP | Avatar: Alanga va kul | 3D | 11:00, 14:35 | rus |
| 2 | Premier | Avatar: Alanga va kul | 3D | 12:45, 16:20 | rus |
| 2 | Premier | Zootopiya 2 | — | 10:40 | rus |
| 3 | Premier | Avatar: Alanga va kul | — | 10:30 | rus |
| 3 | Premier | Zootopiya 2 | — | 14:05, 16:10 | rus |
| 4 | Standard | Anakonda | — | 10:20, 16:30 | rus |
| 4 | Standard | Zootopiya 2 | — | 12:15 | rus |
| 4 | Standard | Freddi bilan besh tun 2 | — | 14:20 | rus |
| 5 | VIP | Avatar: Alanga va kul | — | 15:50 | rus |
| 5 | VIP | Anakonda | — | 12:00, 13:55 | rus |
| 5 | VIP | Yo‘lkalar 12 | — | 10:10 | rus |
| 6 | Kids Hall | Gubka Bob: kvadrat shimlar izida | — | 10:00, 11:50, 13:45, 15:40, 17:35 | rus |
Joylashuvi
📍 Xaritada ko‘rishUshbu manzilga poytaxtda harakatlanuvchi 11, 32, 47, 76, 81, 103, 118 va 126-avtobuslar orqali yetib borish mumkin. Mo‘ljal – Magic city.
Chiptalar narxi 45 ming so‘mdan 120 ming so‘mgacha boradi.
Compass Cinema

Namoyishlar
Compass Cinema — 1-zal
| Film nomi | Seans vaqti | Format / Til |
|---|---|---|
| Avatar: Alanga va kul | 10:10 | 3D / ruscha |
| Avatar: Alanga va kul | 13:40 | ruscha |
| Avatar: Alanga va kul | 17:10 | 3D / ruscha |
Compass Cinema — 2-zal
| Film nomi | Seans vaqti | Til |
|---|---|---|
| Anakonda | 10:20 | ruscha |
| Gubka Bob: Kvadrat shimlar izida | 15:25 | ruscha |
| Illyuziya ustalari 3 | 17:20 | ruscha |
| Freddi bilan besh tun 2 | 12:10 | ruscha |
| Uch bahodir va nur bitta nuqtada | 13:55 | ruscha |
Compass Cinema — 3-zal
| Film nomi | Seans vaqti | Format / Til |
|---|---|---|
| Zveropolis 2 | 10:30 | ruscha |
| Gubka Bob: Kvadrat shimlar izida | 12:25 | 3D / ruscha |
| Zveropolis 2 | 14:10 | ruscha |
| Zveropolis 2 | 16:05 | ruscha |
| Anakonda | 18:00 | ruscha |
Compass Cinema — 4-zal
| Film nomi | Seans vaqti | Format / Til |
|---|---|---|
| Uch bahodir va nur bitta nuqtada | 10:15 | ruscha |
| Anakonda | 12:00 | ruscha |
| Gubka Bob: Kvadrat shimlar izida | 13:50 | 3D / ruscha |
| Anakonda | 15:30 | ruscha |
| Gubka Bob: Kvadrat shimlar izida | 17:25 | ruscha |
Compass Cinema — 5-zal
| Film nomi | Seans vaqti | Til |
|---|---|---|
| Avatar: Alanga va kul | 11:05 | ruscha |
| Anakonda | 14:30 | ruscha |
| Gubka Bob: Kvadrat shimlar izida | 16:25 | ruscha |
| Zveropolis 2 | 18:05 | ruscha |
Compass Cinema — 6-zal (VIP)
| Film nomi | Seans vaqti | Til |
|---|---|---|
| Gubka Bob: Kvadrat shimlar izida | 10:25 | ruscha |
| Avatar: Alanga va kul | 12:05 | ruscha |
| Avatar: Alanga va kul | 15:40 | ruscha |
Joylashuvi
📍 Xaritada ko‘rishUshbu manzilga poytaxtda harakatlanuvchi 81, 13T, 39, 45, 93, 137, 183-avtobuslar orqali yetib borish mumkin. Mo‘ljal Compass savdo markazi.
Chiptalar narxi 40 ming so‘mdan 120 ming so‘mgacha boradi.
Sergeli Cinema

| Zal | Film nomi | Seans vaqti | Format | Til |
|---|---|---|---|---|
| Zal №1 | Avatar: Alanga va kul | 11:55 | 2D | rus |
| Zal №1 | Gubka Bob: kvadrat shimlarni izida | 10:10 | 2D | rus |
| Zal №1 | Gubka Bob: kvadrat shimlarni izida | 17:10 | 2D | rus |
| Zal №1 | Uch bahodir va nur bitta nuqtada | 15:25 | 2D | rus |
| Zal №2 (VIP) | Avatar: Alanga va kul | 17:25 | 3D | rus |
| Zal №2 (VIP) | Anakonda | 13:50 | 2D | rus |
| Zal №2 (VIP) | Zootopiya 2 | 15:30 | 2D | rus |
| Zal №2 (VIP) | Illuziya san’ati 3 | 12:00 | 2D | rus |
| Zal №2 (VIP) | Uch bahodir va nur bitta nuqtada | 10:20 | 2D | rus |
Joylashuvi
📍 Xaritada ko‘rishUshbu manzilga poytaxtda harakatlanuvchi 8, 40, 47, 48, 58, 62, 75, 86, 104, 105, 126, 130 va 131-avtobuslar orqali yetib borish mumkin. Mo‘ljal Sergeli Arena.
Chiptalar narxi 30 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha boradi.
Dream Park’da Yangi yil shou dasturi

Toshkentdagi Dream Park’da Yangi yil munosabati bilan bir necha kun davom etadigan bayramona shou dasturi tashkil etiladi. Tadbirlar 28-dekabrdan 2-yanvargacha har kuni soat 17:00 da boshlanadi.
29-dekabrda tomoshabinlar Xojiakbar Ruzmetov ijrosidan bahramand bo‘lishadi. 30-dekabr kuni Shoxrux konsert beradi. 31-dekabrda Mavluda Asalxo‘jaeva va Izzat Shukurov birgalikda, 1-yanvar kuni Yorqinxo‘ja Umarov chiqish qiladi. 2-yanvar kuni bayram Umidaxon konserti bilan yakunlanadi.
Dream Park’dagi Yangi yil shou dasturiga kirish bepul.
📍 Xaritada ko‘rishCentral Park’da Yangi yil festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkentdagi Central Park’da Yangi yil munosabati bilan yorqin shoular va ko‘ngilochar dasturlarga boy festival tashkil etiladi. Tadbir 25-dekabr 2025-yildan 11-yanvar 2026-yilgacha davom etadi.
Festival doirasida mehmonlarni fayr-shoular, ko‘zboylag‘ich tomoshalar, animatorlar, ertak qahramonlari ishtirokidagi sovrinli o‘yinlar kutmoqda. Shuningdek, Qorbobo, Grinch va Elflar chiqishlari ham bo‘lib o‘tadi.
Bayramona sahnada Rishat Band, Sabina Mustayeva, Milan Band va reper Shoxrux ijrolari namoyish etiladi. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, festival tadbirlariga kirish bepul bo‘lib, u barcha yoshdagilar uchun mo‘ljallangan.
📍 Xaritada ko‘rishToshkentda qayerda muzda uchish mumkin

So‘nggi yillarda Toshkentda yopiq va ochiq konkida uchish maydonlari soni sezilarli darajada ko‘paydi. Quyida qish mavsumida Toshkentda faoliyat yuritayotgan asosiy konkida uchish maskanlari jamlandi.
Ice City — Frozen Lake
Ice City ko‘ngilochar parki hududida joylashgan ushbu yopiq konki maydoni muz qoplamasiga ega. Majmua Vikinglar davri va O‘rta asrlar uslubida qurilgani bilan ajralib turadi. Bu yerda konkidan tashqari chang‘i va snoubord yo‘lakchalari ham mavjud.
Kirish kartasi 10 ming so‘m turadi. Konkida uchish 30 daqiqa uchun 45 ming so‘m etib belgilangan. Sovuqdan himoyalanish uchun bepul jilet va nimchalar taqdim etiladi.
Alpomish muz saroyi
Alpomish muz saroyidagi yopiq konki maydoni professional va havaskorlar uchun qulay sharoitga ega. Narxlar 30 daqiqa uchun 50 ming so‘mdan boshlanadi. Instruktor va trener xizmatlari, shuningdek, butun maydonni ijaraga olish imkoniyati mavjud. Konki va bir martalik paypoq narxga kiritilgan.
Humo Arena
Humo Arena’da xokkey va konsertlardan tashqari konkida uchish imkoniyati ham bor. Yopiq muz maydoni nisbatan kichik bo‘lsa-da, qulay va xavfsiz. Narx barcha yoshdagilar uchun bir xil: 30 daqiqa — 70 ming so‘m, bir soat — 100 ming so‘m.
Ice Rink — Riviera
Riviera savdo markazining uchinchi qavatida joylashgan yopiq konki maydoni oziq-ovqat hududiga yaqinligi bilan qulay. Dam olish kunlari muz shoulari ham tashkil etiladi. Bolalar uchun narx 45 ming so‘m, kattalar uchun 50 ming so‘m.
Tashkent City Park
Yangi yil arafasida Tashkent City bog‘ida ochiq osmon ostida mavsumiy konki maydoni ish boshlaydi. Qoplama sun’iy bo‘lsa-da, bayramona muhit bu joyni mashhur manzilga aylantiradi. Ish vaqti 12:00–18:00 va 19:00–23:00 oralig‘ida. Narxlar 30 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha.
Milliy bog‘
Milliy bog‘da ham mavsumiy ochiq konki maydoni faoliyat yuritmoqda. Qoplama sun’iy bo‘lib, kunduzgi payt suratga tushish uchun ayniqsa qulay. 30 daqiqa uchun 30 ming so‘m, bir soat uchun 50 ming so‘m etib belgilangan.