Motorola Signature kamera sinovlarida iPhone’ni ortda qoldirdi

8-yanvar 2026 09:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Motorola

DxOMark mutaxassislari o‘tkazgan kamera sinovlarida Motorola Signature DxOMark’da iPhone’ni ortda qoldirdi. Kompaniya tarixida ilk bor TOP-10 ga kirdi.

Sinovlarga ko‘ra, Motorola Signature 164 ball oldi. Bu ko‘rsatkich unga umumiy reytingda oltinchi o‘rinni taqdim etdi. Smartfon Google Pixel 10 Pro XL, iPhone 16 Pro Max va Huawei Pura 70 Ultra modellarini ortda qoldirdi. Oltinchi pog‘onani u Honor Magic8 Pro bilan bo‘lishdi.

DxOMark mutaxassislari kamera imkoniyatlarini yuqori baholadi. Avtoekspozitsiya aniq ishlaydi. Oq rang balansi barqaror. Teri ranglari tabiiy uzatiladi. Portret rejimida boke effekt tabiiy chiqadi. Suratlarda shovqin darajasi past.

Foto: DxOMark

Kamchiliklar ham qayd etildi. Video yozuvda ekspozitsiya ba’zan beqaror. Kuchli yorug‘lik fonida shovqin paydo bo‘ladi. 2 karra zumda raqamli kattalashtirish sababli detallarning bir qismi yo‘qoladi.

Ishlab chiqaruvchi modelni o‘z sinfida eng yupqa va eng kuchli kameraga ega smartfon sifatida taqdim etmoqda. DxOMark natijalari bu da’volarni qisman tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, DxOMark smartfon, kamera va audio qurilmalar sifatini mustaqil baholaydi. U real testlar asosida kamera, video, audio va displey imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi. DxOMark baholari laboratoriya o‘lchovlari va kundalik foydalanish holatlarini birlashtirgan metodikaga tayangan holda tuziladi. Portal reytinglari ko‘pincha ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar uchun muhim yo‘nalish ko‘rsatkichiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Motorola 6,99 mm qalinlikdagi yangi flagman taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek