Samsung 175 dollarlik Galaxy A07 5G smartfonini taqdim etdi — foto

12-yanvar 2026 22:06 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Samsung 175 dollarlik Galaxy A07 5G smartfonini taqdim etdi — foto / Foto: Samsung

Samsung kompaniya Galaxy A07 5G modelini Tailand va Myanma bozorlarida arzon narxda rasman namoyish etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Qurilma 4/128 GB va 6/128 GB xotira variantlarida taklif etilib, ularning narxi mos ravishda $175 va $190 etib belgilangan. Galaxy A07 5G o‘lchamlari 167,4 × 77,4 × 8,2 mm, vazni esa 199 grammni tashkil etadi.

Foto: Samsung

Smartfon 6,7 dyuymli PLS displey bilan jihozlangan bo‘lib, ekran aniqligi 1600 × 720 piksel, yangilanish chastotasi esa 120 Gsni tashkil etadi. Galaxy A07 5G MediaTek Dimensity 6300 protsessori asosida ishlaydi va qutidan Android 16 operatsion tizimi bilan chiqadi. Samsung mazkur modelni olti yil davomida dasturiy yangilab borishini ma’lum qilgan.

Foto: Samsung

Qurilmaning old kamerasi 8 megapiksel, asosiy kamerasi esa 50 va 2 megapikselli sensorlardan iborat. Shuningdek, smartfonda yon tomonga joylashtirilgan barmoq izi skaneri, microSD karta uchun slot hamda IP54 darajasidagi chang va namlikdan himoya mavjud.

Foto: Samsung

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 Ultra tez quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek