«Kalmar o‘yini» muallifi Netflix uchun yangi serial ustida ishlamoqda

15-yanvar 2026 12:55 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
«Kalmar o‘yini» muallifi Netflix uchun yangi serial ustida ishlamoqda
Foto: Netflix

«Kalmar o‘yini» seriali muallifi Hvan Don-hyok studiyasi Netflix uchun yangi dramatik loyiha tayyorlamoqda. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi.

Yangi serial The Dealer («Diler») deb nomlanadi va u kazino hamda qimor olamidagi jinoyatlar haqida hikoya qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hvan Don-hyokning loyiha­dagi aniq roli hozircha rasman e’lon qilinmagan. Biroq u serialda asosan prodyuser sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Serial rejissyori sifatida Chhve Yon-hvan faoliyat yuritadi. U avval operator sifatida tanilgan bo‘lib, «Kontrabandist ayollar», «Qasoskor: omon qolish o‘yini», «Qotil xotiralari» kabi filmlar ustida ishlagan. Bu loyiha uning rejissyor sifatidagi ilk yirik ishi bo‘ladi.

Bosh rolni Chon So-min ijro etadi. U «Ruhlar alkimyosi» seriali va «Pusanga ketayotgan poyezd» filmi orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish. Serialda u ilgari kazinoda krupye bo‘lib ishlagan ayol obrazini gavdalantiradi. Qahramon to‘y arafasida uy-joy bilan bog‘liq firibgarlik qurboniga aylanadi va omon qolish hamda orzusidagi nikohga yetib borish uchun yana jinoyatga botgan qimor olamiga qaytishga majbur bo‘ladi.

Shuningdek, loyihada Ryu Sın-bom («Oilaviy reja») va Li Su-hyok («Bir kuni vayronagarchilik eshigimni qoqdi») ham rol ijro etadi. Netflix hozircha serialning premyera sanasini e’lon qilmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Shelbilar oilasi» franshizasi yangi film bilan qaytayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek