Nodirbek Abdusattorov Freestyle shaxmat bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

16-yanvar 2026 10:03 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Magnus Karlson Nodirbek Abdusattorovni
Foto: Lennart Ootes / Freestyle Chess

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov chess.com platformasidagi saralash turnirida g‘alaba qozonib, FIDE Freestyle Chess World Championship musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar bermoqda.

Abdusattorov rasmiy Play-In turnirining hal qiluvchi bahsida hindistonlik Pranav Venkateshni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur musobaqa FIDE va Freestyle Chess hamkorligida tashkil qilinayotgan ilk rasmiy jahon chempionati hisoblanadi.

Asosiy turnir 13 – 15-fevral kunlari Germaniyaning Vayssenxaus shahrida bo‘lib o‘tadi. Germaniyadagi turnirda qatnashadigan sakkiz nafar shaxmatchi ro‘yxati to‘liq shakllandi. E’tiborlisi, ishtirokchilar orasida yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov ham bor.

Foto: FIDE

Asosiy tarkibda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari jamlangan. Turnir ishtirokchilari ro‘yxati quyidagicha: Magnus Karlsen (Norvegiya), Levon Aronyan (AQSh), Fabiano Karuana (AQSh), Vinsent Kaymer (Germaniya), Arjun Erigaysi (Hindiston), Xans Niman (AQSh), Javohir Sindarov (O‘zbekiston) va Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abdusattorov va Sindarov eng ko‘p daromad topgan shaxmatchilar o‘nligiga kirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek