U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi sanasi va joyi ma’lum bo‘ldi

16-yanvar 2026 11:04 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
O‘zbekiston U-17 termasining JCh uchun tarkibi e’lon qilindi
Foto: O‘FA

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2026-yilgi U-17 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 12-fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Musobaqa joriy yilning 14 – 31-may kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Qur’a jarayonida ishtirokchi jamoalar to‘rtta savatchaga ajratiladi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi musobaqaning amaldagi g‘olibi sifatida birinchi savatchadan o‘rin olgan.

Foto: O‘FA

Mazkur turnir noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘taydi. Reglamentga ko‘ra, Osiyo kubogining eng yaxshi 8 ta jamoasi 2026-yilgi mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-17 Jahon chempionatida O‘zbekiston Italiyaga mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek