
AQShdagi Bring a Trailer auksionida 2003-yilgi Chevrolet Tracker 18 ming dollarga sotildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, avtomobil atigi 16 ming mil (25 ming km) yurgan. Bu Tracker kamdan-kam uchraydigan konfiguratsiyada. Ikki eshikli, kabriolet kuzovga ega. ZR2 off-road paketi va 5 pog‘onali mexanik uzatma bilan jihozlangan.

Kuzov Silverleaf Metallic rangda bo‘yalgan. Yon tomonlarda ZR2 grafikasi bor. Old qismi olinadigan tomga ega. Orqa qismi yumshoq qora tom bilan yopiladi. 15 dyuymli original disklar yangi Zeta Impero shinalari bilan ta’minlangan.

Avtomobilda ochilib-yopiladigan orqa eshik bor. Unda to‘liq o‘lchamdagi zahira g‘ildirak joylashtirilgan. Old va orqa tomonlarda evakuatsiya ilgaklari mavjud. Shuningdek, tirkama ilgagi ham bor. Old bamperda kichik shikastlanish qayd etilgan. Salon kulrang mato qoplamada ishlangan. Old o‘rindiqlar va orqa skameyka yaxshi holatda. Konditsioner, elektr oynalar va markaziy qulflash mavjud. Magnitola CD va radio formatini qo‘llab-quvvatlaydi. Odometr 16 ming mildan kam masofani ko‘rsatadi.

Avtomobil 2.0 litrli to‘rt silindrli benzin dvigatel bilan jihozlangan. Uning quvvati 127 ot kuchi. Aylanish momenti 134 lb-ft. Kuch ikkita diapazonli uzatma orqali to‘liq tortishga uzatiladi. Yog‘ almashtirish 2025-yil sentabrda amalga oshirilgan.

Bu Tracker butun umr bir oilaga tegishli bo‘lgan. Avtomobil Kaliforniyada xarid qilingan va kam foydalanilgan. Sotuvga original hujjatlar, servis kitobi va zavod narxnomasi bilan chiqarilgan. Zavoddagi boshlang‘ich narx $19 mingni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Tracker avtomobilining narxi oshgani haqida yozgan edi.