Kinotavsiya: «Bankir» — moliyaviy mustaqillikka intilganlar haqida

20-yanvar 2026 17:15 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
«Bankir» — moliyaviy mustaqillikka erishishga intilganlar haqida
«Bankir» — moliyaviy mustaqillikka erishishga intilganlar haqida / Foto: ijtimoiy tarmoq

«Bankir» («The Banker») 2019-yilda suratga olingan biografik drama bo‘lib, irqiy kamsitish kuchli bo‘lgan davrda moliyaviy mustaqillikka erishishga intilgan ikki tadbirkorning haqiqiy voqeasiga asoslanadi. Filmda iqtidorli va qat’iyatli ishbilarmonlar jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi aql va strategiya bilan kurash olib boradi.

Syujet markazida afroamerikalik biznes hamkorlar Bernard Garrett va Jo Morris turadi. Ular ko‘chmas mulk va bank sohasiga kirib borish orqali o‘z hamjamiyatining imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qiladi. O‘sha davrda qora tanlilarga bank xizmatlari va yirik bitimlar deyarli yopiq bo‘lgan, shuning uchun qahramonlar noodatiy yo‘l tanlaydi.

The Banker — Official Trailer | Apple TV

Ular o‘z rejalarini amalga oshirish uchun yosh oq tanli yigitni rasmiy rahbar sifatida ko‘rsatib, barcha real qarorlarni o‘zlari qabul qiladi. Bu usul ularga tizimli to‘siqlarni chetlab o‘tishga yordam beradi, biroq xavf ham katta bo‘ladi. Film davomida muvaffaqiyat bilan birga bosim, shubha va fosh bo‘lish xavfi ham kuchayib boradi.

Kino kartina nafaqat biznes rejalari va moliyaviy hiylalarni, balki ijtimoiy tengsizlik, irqchilik va jasorat mavzularini ham yoritadi. Qahramonlarning oilaviy hayoti, shaxsiy kechinmalari va tanlovi ularni yanada jonli va ishonarli ko‘rsatadi. Tomoshabin o‘sha davr Amerikasi muhitini his qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «Omadli Gilmor 2» filmi haqida ma’lumot bergandi.

Shuningdek