
Bugun, 20-yanvar kuni Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqich 7-tur uchrashuvlari doirasida «Manchester Siti» safarda Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubi mehmoni bo‘ladi. O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi.
«Manchester Siti» ayni damda 6 o‘yindan so‘ng 13 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 4-pog‘onasida bormoqda va to‘g‘ridan to‘g‘ri nimchorak finalga yo‘llanma beruvchi kuchli sakkizlikdan joy olgan. Pep Gvardiola shogirdlari ushbu o‘yindagi g‘alaba orqali o‘z mavqeyini yanada mustahkamlab olishi mumkin.

«Budyo-Glimt» uchun esa vaziyat ancha qiyinroq. Norvegiya chempioni hozircha 3 ochko bilan 36 ta jamoa orasida 33-o‘rinda bormoqda va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini saqlab qolish uchun bugun ochko olishi zarur.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» «Nyukasl»ni yengan o‘yinda Husanov eng yuqori ballga loyiq ko‘rilgani haqida xabar bergan edi.