Ertalabki nonushta: turkcha menemen

20-yanvar 2026 23:59 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: depositphotos.com

Menemen – Turkiyaning mashhur milliy nonushtasi bo‘lib, u tuxum, pomidor va bulg‘or qalampiri bilan tayyorlanadi. Bu taom nonushtaga eng mos bo‘lgan, mazali va tez tayyorlanadigan yeguliklardan biridir. Menemenning o‘ziga xosligi shundaki, u har doim yangi va iliq holda dasturxonga tortiladi.

Masalliqlar

MasalliqMiqdor
Qizil bulg‘or qalampiri1 dona
Pomidor300 gramm
Piyoz100 gramm
Achchiq qalampirkichikroq, 1 dona
Tuxum3-4 ta
Sariyog‘30 gramm
TuzTa’bga qarab

Tayyorlanish bosqichlari

1-qadam: Bulg‘or qalampirini urug‘idan tozalab, mayda to‘rtburchak shaklida to‘g‘raymiz.

2-qadam: Pomidor va piyozning po‘stini archib, ularni ham mayda to‘rtburchak qilib to‘g‘raymiz. Achchiq qalampirni halqasimon shaklda kesamiz.

3-qadam: Tovaga sariyog‘ solib, eritib olamiz. Piyozni qo‘shib, 2-3 daqiqa davomida qovurib olamiz. So‘ng bulg‘or qalampiri va pomidorni solib, 5 – 7 daqiqa dimlab pishiramiz.

4-qadam: Tuxumlarni tovaga solib, darhol aralashtiramiz. Muntazam aralashtirib, 3 daqiqa davomida dimlab pishiramiz. Ta’bga qarab tuz sepamiz. Agar tuxum sarig‘ini butun holda qoldirishni xohlasangiz, avval tuxum oqini solib aralashtiring, so‘ng tuxum sarig‘ini qo‘shing.

Muhim: Olovni o‘chirganda tuxumlar biroz suyuq holatda qolishi kerak. Taomni non bilan birga dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

Shuningdek