Samsung Galaxy A57 qanday dizaynga ega

25-yanvar 2026 14:24 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy A57 qanday dizaynga ega
Foto: Tech advisor

Xitoy sanoat va axborotlashtirish vazirligi bazasida Samsung Galaxy A57 modelining dizayniga tasvirlar paydo bo‘ldi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda. Avvalroq ushbu qurilma IMEI bazasida SM-A576B kodi bilan ham qayd etilgan.

Yangilikning asosiy jihati yangilangan dizayn bo‘ldi. Muhandislar smartfonni oldingi avlodga nisbatan yanada ixcham va yengil qilgan. Galaxy A57’ning qalinligi atigi 6,9 mm, vazni esa 182 grammni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Samsung Galaxy A56 modeli 7,4 mm qalinlikda va 198 gramm vaznga ega edi.

Foto: Xitoy sanoat va axborotlashtirish vazirligi

O‘lchamlar kichrayganiga qaramay, batareya sig‘imi o‘zgarmagan. Galaxy A57 5000 mA·soatli akkumulyator bilan jihozlanadi. Qurilma dizaynida ham sezilarli o‘zgarishlar bor. Kamera bloki ko‘rinishi yaqinda taqdim etilishi kutilayotgan Samsung Galaxy S26 uslubiga yaqinlashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 6,6 dyuymli Full HD+ displeyga ega bo‘ladi. Asosiy kamera 50, 12 va 5 megapikselli uchta moduldan iborat. Old kamera esa 12 megapikselli bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Xitoy sanoat va axborotlashtirish vazirligi

Galaxy A57’ning qachon rasman taqdim etilishi hozircha ma’lum qilinmagan. Biroq sertifikatsiyadan o‘tgani qurilma taqdimoti yaqinlashganidan darak bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung kompaniyasi Janubiy Koreyada rekord o‘rnatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek