McDonald’s 80-yillardagi o‘yinchoqlarini qayta chiqaradi

26-yanvar 2026 11:24 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Getty Images

McDonald’s 2026-yil «yangi 2016» trendi fonida Happy Meal bolalar setlariga 1980-yillarning oxirida paydo bo‘lgan afsonaviy Changeables transformer o‘yinchoqlarini qayta kiritishni e’lon qildi. Bu haqda USA Today nashri xabar berdi.

McDonald’s marketing bo‘yicha katta direktori Guillaume Ewen shaxsiy X (sobiq Twitter) sahifasida yangilikni e’lon qildi.

«Changeables 27-yanvarda qaytadi. Bu 1987, 1989 va 1990-yillardagi original kolleksiyalardagi robotlar va dinozavrlarning yangilangan versiyalaridir».

O‘yinchoqlar kompaniya menyusidagi mahsulotlar shaklida bo‘lib, ularni transformer prinsipi asosida robot, dinozavr yoki boshqa personajlarga aylantirish mumkin. Internet foydalanuvchilari bu yangilikni katta qiziqish bilan qarshi oldi.

Eski Changeables o‘yinchoqlari hali ham eBay’da faol sotilmoqda, yangi o‘yinchoqlarga oid teaser video esa minglab ko‘rishlarni to‘pladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan LEGO Stranger Things seriali asosida yangi to‘plam chiqarishi haqida yozgandi.

Shuningdek