«Xitoylik» raqibini yengan Chevrolet Tracker — Rossiya bozoridagi vaziyat

30-yanvar 2026 11:20 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Avto.ru

Rossiya bozorida AQShning Chevrolet Tracker krossoveri paydo bo‘ldi. Avtomobil narxi va texnik ko‘rsatkichlari bilan Xitoy modeli Chery Tiggo 7 Pro Max’ga jiddiy raqobat qilmoqda. Avtobloger Vladimir Vorobyov ta’kidlashicha, Tracker o‘lchamlari va sinfi bo‘yicha Tiggo 7 Pro Max’ga juda yaqin.

Model to‘liq budjet avtomobil emas, biroq qimmat segmentga ham kirmaydi. «Za rulem» nashri yozishicha, model zamonaviy qulayliklar bilan jihozlangan. Old o‘rindiqlar ventilyatsiyasi, USB bilan birga Type-C raz’yomi, yoritilgan makiyaj oynalari va salon bo‘ylab LED yoritish shular jumlasidan.

Texnik ko‘rsatkichlar

Krossover 5 eshikli, old yetaklovchi g‘ildirakli va o‘rtacha o‘lchamli toifaga mansub. Rossiyaga olib kelinayotgan versiyalar 1,2 litrli turbobenzin dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, uning quvvati 137 ot kuchini tashkil etadi. Ayrim bozorlarda 1,4 litrli variantlar ham mavjud.

Avtomobil tezlik borasida ham o‘zini ishonchli ko‘rsatadi. 180 km/soat tezlikda dvigatel barqaror ishlaydi, shovqin mavjud bo‘lsa-da, begona tovushlar sezilmaydi.

Salon va kamchiliklar

Salon dizayni zamonaviy talablarga mos. Axborot paneli old konsol ustida osilib turmaydi va haydovchiga qaratilgan. Shu bilan birga, ayrim foydalanuvchilar pechka samaradorligi pastligini tanqid qilmoqda. Ishlab chiqaruvchilar bu holatni model asosan iliq iqlim uchun yaratilgani bilan izohlaydi.

Narxlar

Chevrolet Trackerning Rossiyadagi minimal narxi – 2,12 mln rubl ($27,6 ming). Ushbu komplektatsiyaga konditsioner, orqa ko‘rish kamerasi, kruiz-nazorat, LED faralar va 17 dyuymli shinalar kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Tracker Rossiyada qanday narxda sotilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek