SSSR davridagi noyob «Volga» Chevrolet Tahoe narxida sotuvga qo‘yildi

1-fevral 2026 16:41 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Foto: Autoruonline

Yekaterinburg shahrida 1957-yilda ishlab chiqarilgan, avtomat uzatmalar qutisiga ega juda noyob GAZ-21 «Volga» sotuvga chiqarildi. Bu haqda Autoruonline xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bunday avtomobillar rasmiy ravishda seriyali hisoblangan bo‘lsa-da, amalda ularning soni juda kam bo‘lgan. Xususan, avtomat uzatmali «Volga»dan atigi 700 ga yaqin dona yig‘ilgan. Bugungi kunda bunday mashinalar, hatto, muzeylarda ham deyarli uchramaydi.

Foto: Autoruonline

Mazkur avtomat uzatmalar qutisi Ford konstruksiyasi asosida SSSRda ishlab chiqilgan. Oddiy harakatda mashina ikkinchi uzatmadan yo‘lga chiqadi, birinchi uzatma esa majburiy ravishda yoqiladi va pasaytiruvchi uzatma vazifasini bajaradi. Uchinchi uzatma yuqori tezlikda harakatlanish uchun mo‘ljallangan.

Foto: Autoruonline

Sotuvga qo‘yilgan «Volga» to‘liq restavratsiyadan o‘tkazilgan va sotuvchining aytishicha, undan keyin foydalanilmagan. Avtomobil narxi 7 mln rubl (1,1 mlrd so‘m) etib belgilangan. Bu O‘zbekiston sharoitida yangi Chevrolet Tahoe RST narxiga teng.

Foto: Autoruonline

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Atom elektromobili Chevrolet Traverse narxida chiqishi kutilayotgandi. «Кama» kompaniyasi rahbariyatining ma’lum qilishicha, Atom narxi Xitoy analoglaridan arzonroq bo‘ladi. Yakuniy narx 2025-yil fevral oyida jamoatchilikka e’lon qilinadi. 

Shuningdek