Qaysi Xitoy krossoverlari qiymatni yaxshi saqlaydi — reyting

3-fevral 2026 08:41 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Qaysi Xitoy krossoverlari qiymatni yaxshi saqlaydi — reyting / Foto: Geely

2025-yilning to‘rtinchi choragi yakunlariga ko‘ra, yengil avtomobillarning qiymat saqlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangilangan hisobot e’lon qilindi. Tadqiqot natijalari mashhur Xitoy krossoverlari orasida egalariga keyingi sotuvda Geely Coolray va Haval Jolion modellari foydali deb topildi.

Geely Coolray

Geely krossoveri ikki yillik foydalanishdan so‘ng qiymatini eng yaxshi saqlovchi model sifatida ajralib turadi. 2025-yil oxirida ikki yillik Coolray’ning o‘rtacha narxi $26,5 mingni tashkil etdi, bu yangi avtomobil narxining 72,62% ga teng.

Egalar uchun bu shuni anglatadiki, yangi Coolray’ga o‘tish uchun joriy bozor narxining atigi 27,38% ini qo‘shimcha to‘lash kifoya qiladi. Shu bilan mashina egasi minimal xarajat bilan avtomobilni yangilash imkoniga ega bo‘ladi.

Foto: Haval

Haval Jolion

To‘rt yil davomida foydalanilganda esa eng yaxshi qiymatni saqlashni Haval Jolion namoyish etdi. Uning qiymati yangi avtomobil narxining 65,55% ini tashkil qiladi. Absolyut qiymatlarda Geely Coolray $22,1 ming bilan yuqori bo‘lsa-da, Jolion nisbiy qiymatni yaxshiroq saqlaydi.

To‘rt yillik Jolion egasi yangi model sotib olish uchun joriy bozor narxining 34,45% ini qo‘shimcha to‘lashi kerak bo‘ladi. Shu bilan model uzoq muddat egalariga qulay shartlarni taqdim etadi.

Boshqa modellarning qiymat saqlash ko‘rsatkichlari

Foto: Avtostrada

Tahlilchilar shuni qayd etadiki, Chery Tiggo 7 Pro ikki yildan so‘ng qiymatining 65,95%, to‘rt yildan so‘ng esa 61,04% ini saqlaydi. Changan CS35 Plus to‘rt yil davomida faqat 56,27% qiymatni saqlab qoladi. Eng kam likvid model ro‘yxatda JAC J7 liftbek bo‘lib, to‘rt yil egalikdan so‘ng uning narxi yangi avtomobil qiymatining 54,7% ga tushadi.

Foto: Napinfo

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 800 mln so‘mlik Chevrolet Traverse Z71 sotuvga chiqqan edi.

Shuningdek