6 yillik kutishdan so‘ng Dorohedoro animening ikkinchi mavsumi boshlanadi

9-fevral 2026 10:31 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: MAPPA X ijtimoiy tarmog’i

MAPPA studiyasi Dorohedoro anime serialining ikkinchi mavsumini e’lon qildi. Bu haqda o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Ushbu mavsum 1-aprelda boshlanadi. Epizodlar har chorshanba kuni turli striming platformalarida namoyish etiladi.

https://twitter.com/dorohedoro_PR/status/2020467651407921576

Ikkinchi mavsumning rasmiy shiori: «Xaos botqog‘iga sho‘ng‘ing!». Shu bilan birga, yangi posterda asosiy personajlar tasvirlangan. Hozircha epizodlar soni ma’lum qilinmagan.

Avval ikkinchi mavsum 2025-yil uchun rejalashtirilgan edi. 2025-yil oktabrida MAPPA studiyasi chiqarilish vaqtini 2026-yil bahoriga ko‘chirdi, sabablarini ochiqlamadi.

Birinchi mavsum 2020-yilda namoyish etilgan bo‘lib, unda Kaiman ismli, boshida timsoh boshli, uni shikastlagan sehrgarni qidirayotgan erkak haqidagi voqealar tasvirlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sony va Bandai Namco anime bozorida hamkorlikni boshlashi haqida yozgandi.

Shuningdek