«Uzoq shahar» 2-faslida hikoya qayerga burildi

12-fevral 2026 16:32 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Foto: Kanal D

«Uzoq shahar» («Uzak Şehir») ikkinchi faslga juda katta kutish bilan qaytdi. Birinchi mavsum 18 reytinggacha chiqib, so‘nggi besh yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini qayd etdi.

Birinchi mavsumdagi 28-qism davomida o‘rtacha 13 dan ortiq reyting bilan yakunlangan loyiha 2025-yilning 15-sentabridan boshlab yangi mavsumini taqdim etdi. Serial Livandagi «Al Hayba» loyihasidan moslashtirilgan bo‘lsa-da, turk talqinida u alohida fenomen darajasiga chiqdi.

Sen Boran’ı Kurtardın Ama Bir Kadını Kocasız Bıraktın!

Ikkinchi fasl birinchi mavsum oxiridagi eng muhim sahnadan Jihanning Alyaga muhabbat izhor qilishidan keyin boshlanadi. Aynan shu lahza yangi mojarolarga eshik ochadi. Endi asosiy muammo tashqi dushman emas, balki oilaning ichidagi ziddiyatlar va ishonch masalasi bo‘lib qoladi. Albora oilasida keskinlik kuchayadi, qarorlar esa yanada og‘irroq oqibatlarga olib keladi.

Kayfiyat o‘zgarganini sezish mumkin. Birinchi faslda kuch va hokimiyat uchun kurash ustuvor bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi mavsumda his-tuyg‘ular, sadoqat va xiyonat masalalari markazga chiqadi. Jihanning Alyaga bo‘lgan sadoqati bilan oilaviy mas’uliyati o‘rtasidagi ichki kurashi yanada chuqurlashadi.

Uzak Şehir 50. Bölüm 1. Tanıtım | "Ben Oğlumla Birlikte Babamın Yanına Gideceğim"

Ikkinchi fasl hali davom etmoqda. Ijodiy jamoa o‘zgarmagan, rejissyor Ahmet Katıksız, ssenariy muallifi Gülizar Irmak. Bosh rollarda Ozan Akbaba va Sinem Ünsal avvalgidek markazda. Ularning ekran uyg‘unligi serial muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Tomoshabin ikkinchi faslda yanada murakkab munosabatlar, keskin qarama-qarshiliklar va kutilmagan burilishlarni kutishi mumkin. Serial nafaqat romantik chiziqni, balki kuchli oilaviy dramatik to‘qnashuvlarni ham davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Uzoq shahar» serialidagi eng murakkab qahramon kimligi haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek