
Rossiyada yangilangan Haval H7 krossoverining 2026-yilgi versiyasi savdosi boshlandi. Bu haqda Great Wall Motor kompaniyasi ma’lum qildi.
Yangi model 2,0 litrli turbomotor bilan jihozlangan. Dvigatel 231 ot kuchi ishlab chiqaradi va 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatma bilan ishlaydi. Endilikda to‘liq uzatma barcha modifikatsiyalarda standart tarzda taqdim etiladi.

Texnik imkoniyatlar
Komplektatsiyalar soni uchtadan ikkiga qisqartirildi. Xaridorlarga Premium va Tech Plus versiyalari taklif etiladi. Asosiy Premium komplektatsiyada adaptiv kruiz-nazorat, harakat yo‘lagida ushlab turish tizimi, avtomatik favqulodda tormozlash funksiyasi, elektr bagaj eshigi, ikki zonali iqlim-nazorat va 14,6 dyuymli sensorli multimedia tizimi mavjud. Multimedia masofadan boshqaruvni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tech Plus versiyasida panoramali tom, proyeksion displey, sabvuferga ega premium audio tizim va avtomatik parkovka funksiyasi qo‘shilgan.
Barcha versiyalarda salon shift qismi qora rangda bezatilgan. Shuningdek, USB Type-C portlari soni oshirilgan.
Narx

Yangilangan Haval H7 Premium versiyasi narxi 4 mln rubl ($43 ming atrofida)ni tashkil etadi. Tech Plus modifikatsiyasi esa 4,2 mln rubl ($46 ming atrofida)ga baholangan. Avvalgi, 192 ot kuchli dvigatelga ega versiya 3,7 mln rubldan ($40 ming atrofida) boshlanadi.
Kursiv Uzbekistan yangilangan HAVAL H9 taqdim etilgani haqida yozgan edi.