
Xiaomi kompaniyasi Civi 6 smartfonini chiqarishni davom ettiradi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Ekran
Smartfon 6,6 dyuymli ekran bilan jihozlangan. Hajmi yetarlicha katta, lekin zamonaviy flagmanlarga qaraganda biroz kichikroq.

Kameralar
Asosiy kamera 200 megapikselga ega bo‘lib, qurilmada uch baravar optik zo‘mlashga ega telefoto hamda avtofokusli 50 megapiksel old kamera mavjud.

Ishlash tizimi va chip
Qurilma ishlashi Snapdragon 8 Elite chipi orqali ta’minlanadi. Shuning uchun unumdorlik bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydi.

Narxi
Xiaomi Civi 6 smartfonining o‘rtacha narxi $460 atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi 17 va Xiaomi 17 Ultra global bozorga yangi ranglarda taqdim etilishi haqida xabar bergan edik.