Futbol o‘yinida nuggeti «o‘g‘irlangan» 4 yoshli bola Aldi degustatori bo‘ldi

16-fevral 2026 10:51 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Videodan olindi

Wolverhampton – Newcastle United futbol o‘yini davomida 4 yoshli Rori va uning otasi kameraga tushdi: ota bolaning nuggetini yeb qo‘yadi va Rori yig‘lab yuboradi. Bu haqda Afisha Daily nashri xabar berdi.

Videoni ko‘rgan odamlar ijtimoiy tarmoqlarda unga hamdardlik bildirdi, natijada bola Aldi supermarketining rasmiy nugget degustatori sifatida ishga taklif qilindi.

Video: Ijtimoiy tarmoqlardan olindi

Keyingi o‘yinda futbolchilar Rori va otasini topib, unga nuggetini qaytarishdi, klubning maskoti esa bolaga futbol formasi sovg‘a qildi. Aldi UK esa konkurs doirasida Rorini ideal nomzod sifatida tanladi.

Foto: Afisha Daily

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sevishganlar kunida dunyoga kelgan futbol afsonalari haqida yozgandi.

Shuningdek