Yangi Chevrolet Damas Max va Move sotuvi boshlandi

16-fevral 2026 12:10 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Yangi Chevrolet Damas Max va Move sotuvi boshlandi
Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas Max va Chevrolet Damas Move modellari uchun shartnoma tuzish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Modelning narxi 134,4 mln so‘mdan boshlanadi.

Mazkur avtomobillarni xarid qilish bo‘yicha shartnomani kompaniyaning barcha rasmiy dilerlik markazlarida rasmiylashtirish mumkin. Sotuvlar butun respublika bo‘ylab yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: UzAuto Motors

Qo‘shimcha ma’lumotlarni UzAuto Motors’ning +99878 141 77 77 raqamli call-markazi orqali olish mumkin. Shuningdek, kompaniyaning rasmiy saytida ham Damas Max va Damas Move modellari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etilgan.

Model haqida

Avtomobil orqa yuritgichli platformaga ega. Dvigatel atmosferali. Xaridorga 1,2 litr va 1,5 litr hajmdagi variantlar taklif etiladi. Motorlar to‘rt silindrli, qatorda joylashgan. Maksimal quvvat 60 kVt 81 o.k. yoki 76 kVt 103 o.k.ni tashkil etadi. Aylantirish momenti 120 Nm yoki 140 Nm darajasida. Uzatmalar qutisi 5 yoki 6 pog‘onali mexanik.

Foto: UzAuto Motors
Foto: UzAuto Motors

Kuzov o‘lchamlari 4425 mm uzunlik, 1670 mm kenglik va 1860 mm balandlikdan iborat. G‘ildirak bazasi 2850 mm. O‘rindiqlar soni 2, 7 yoki 8 talik talqinda taklif qilinadi. Yuk ko‘tarish qobiliyati 650 kg. Yoqilg‘i baki 45 litr. Aralash sikldagi sarf 6,5 litr atrofida.

Old osma Makferson turida. Orqa qism nomustaqil ressorli. Tormoz tizimida old disk, orqa baraban qo‘llangan. Rul elektron kuchaytirgich bilan jihozlangan. Standart shinalar R14 o‘lchamda.

Narxlar:

ModelNarx
DAMAS MAX VAN 1.2 LV0134 439 000 so‘m
DAMAS MAX VAN 1.5 LV0142 471 000 so‘m
DAMAS MOVE PAS 1.2 LV0139 675 000 so‘m
DAMAS MOVE PAS 1.2 LV1144 563 000 so‘m
DAMAS MOVE PAS 1.5 LV0149 011 000 so‘m
DAMAS MOVE PAS 1.5 LV1154 128 000 so‘m
Foto: UzAuto Motors

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi va eski Damas modellarining farqlarini yozgan edi.

Shuningdek