Rossiyada 2026-yilgi Lexus LX modellari qanday narxda sotilmoqda

17-fevral 2026 21:36 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Rossiyada 2026-yilgi Lexus LX modellari qanday narxda sotilmoqda / Foto: Lexus

Rossiyaga 2026-yilgi yangi Lexus LX modellari yetkazib berildi va bozorda taqdim etila boshlandi. Bu haqda Auto.ru nashri ma’lum qildi.

Lyuks SUV F Sport to‘plamida, 415 ot kuchiga ega dvigatel bilan, Bryanskda $239 ming, Moskva shahrida esa $246,2 ming atrofidagi narxda taqdim etilmoqda.

Foto: Lexus

Eng arzon buyurtma asosidagi model – Lexus LX500d, 3,4 litrlik dizel dvigateli bilan va 299 ot kuchiga ega bo‘lib, narxi $222,6 mingni tashkil qiladi. Buyurtma asosidagi modellar narxi umumiy $276,3 minggacha yetishi mumkin.

Eng qimmat modellardan biri – Lexus LX 700h IV, 3,4 litrlik dvigatel asosida ishlaydigan va 457 ot kuchiga ega gibrid tizim bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia Tasman pikapi Rossiya bozorida qanday narxda sotuvga chiqqani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek