Yangi Audi RS5 qanday ko‘rinishda taqim etiladi — foto

18-fevral 2026 08:10 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Yangi Audi RS5 qanday ko‘rinishda taqim etiladi / Foto: Cochespias1

Audi yangi RS5 modelining rasmiy taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda tarmoqda avtomobilning yuqori sifatli tasvirlari paydo bo‘ldi. Suratlarda mashina ikki xil variantida — sedan va universal ko‘rinishda namoyish etilgan.

Foto: Cochespias1

Tashqi ko‘rinish va karoser xususiyatlari

Yangi RS5 Audi A5 modeli bazasida yaratilgan, ammo unga eksklyuziv karoser jihozlari o‘rnatilgan. Bu tashqi ko‘rinishda katta RS6 modeliga o‘xshash ko‘rinish beradi. Avtomobil uzunroq, kengroq va standart versiyadan pastroq bo‘lib, g‘ildiraklar bazasi 2900 mm saqlangan.

Old bamper katta havo qabul qilgichlar bilan jihozlangan. Orqa tomonda RS seriyasiga xos oval chiqarish trubkasi, katta diffuzor va Formula-1 uslubidagi tormoz signali mavjud.

Salon va ichki jihozlar

Salon sport uslubida ishlangan, ko‘p miqdorda alkantara va qizil tikuvlar ishlatilgan. Uchta ekran mavjud:

  • Asboblar panelida 11,9 dyuymli ekran
  • Multimedia tizimida 14,5 dyuymli ekran
  • Old yo‘lovchi oldida 10,9 dyuymli ekran
Foto: Cochespias1

Dvigatel va texnik xususiyatlar

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yangi RS5 ikkita turbo bilan jihozlangan 2,9 litrli V6 benzin motori asosidagi plug-in gibrid kuch tizimini oladi. Umumiy quvvat Audi S5 (362 ot kuchi) motori quvvatidan ancha yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Avtomobil PPC (Premium Platform Combustion) platformasida yaratilgan bo‘lib, mustahkamlangan tormozlar va qayta sozlangan sport suspenziyasi bilan jihozlangan. Yangi RS5 bevosita BMW M3 va Mercedes-AMG C63 bilan raqobatlashadi.

Foto: Cochespias1

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Audi 2027-yilgi A6 e-tron va Q6 e-tron modellarini taqdim etgan edi.

Shuningdek