BYD Linghui e9 elektromobili taqdim etildi: tafsilotlar

18-fevral 2026 09:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD Linghui e9 elektromobili taqdim etildi: tafsilotlar
Foto: BYD

BYD yangi Linghui sub-brendi ostida Linghui e9 elektromobilini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi. Model asosan taksi va ride-hailing bozori uchun mo‘ljallangan.

Linghui brendi 2-fevral kuni ishga tushirilgan. Kompaniya jamoat transporti segmentiga e’tibor qaratadi. Undan taksi, ijaraga berish va davlat tashkilotlari foydalanishi ko‘zda tutilgan.

Foto: BYD

Linghui e9 tashqi ko‘rinishda eski BYD Han uslubiga o‘xshaydi. Old qismida yirik xrom panjara bor. Faralari ingichka va ajratilgan dizaynga ega. Orqa qismida esa uzluksiz stop-chiroq o‘rnatilgan.

Sedan o‘lchamlari 4995 mm uzunlik, 1910–1940 mm kenglik va 1495 mm balandlikni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 2920 mmni tashkil etiladi.

Avtomobil old o‘rnatilgan elektromotor bilan jihozlanadi. Quvvati 135 kW yoki 150 kW’ni tashkil etadi. Batareya BYD’ning Blade LFP turiga mansub. 60,5 kWh versiyasi 535 km yuradi, 64,3 kWh batareya esa 605 km masofani bosib o‘tadi.

Linghui e9 uzoq zaxira yurish masofasi va past foydalanish xarajati bilan taksi bozoriga yo‘naltirilgan model sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Song Plus elektromobili nimasi bilan kuchli ekanligi haqida yozgan edi.

Shuningdek