
Vivo kompaniyasi yangi Vivo V70 smartfonlar seriyasini rasman taqdim etdi. Seriyaga oddiy Vivo V70 va kuchliroq Vivo V70 Elite modeli kirdi. Har ikkala model 50 MP Sony sensori va Zeiss optikasiga ega asosiy kamera bilan jihozlangan.
Smartfonlar 6,59 dyuymli egri qirrali AMOLED displeyga ega. Ekran 1,5K aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Barmoq izi skaneri ekran ostiga o‘rnatilgan.

Vivo V70 Elite Qualcomm Snapdragon 8s Gen 3 protsessori bilan ishlaydi. Oddiy V70 modelida esa Snapdragon 7s Gen 4 chipi o‘rnatilgan. Qurilmalar Android 16 asosidagi OriginOS 6 tizimida ishlaydi. Kompaniya 4 yil davomida tizim yangilanishi va 6 yil xavfsizlik yangilanishlarini va’da qilmoqda.
Har ikki model IP68 va IP69 himoya darajasiga ega. Ular 6500 mA/soat sig‘imli batareya va 90 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Hindistonda oldindan buyurtma boshlandi. Ochiq savdolar 2026-yil 26-fevraldan start oladi. Vivo V70 8/256 GB versiyasi $505 dan, Vivo V70 Elite esa 8/256 GB uchun $570 dan sotuvga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo V60 Lite 4G smartfoni yangilangan versiyada taqdim etilgani haqida xabar berilgandi.