Samsung Galaxy Z TriFold AQShda qayta sotuvga chiqadi

20-fevral 2026 08:46 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Samsung Galaxy Z TriFold AQShda qayta sotuvga chiqadi / Foto: Engadget

Samsung Galaxy Z TriFold smartfoni yanvar oyi oxirida AQSh bozorida taqdim etilgan va juda kam zaxira tufayli bir necha daqiqa ichida sotilib ketgan edi. Kompaniya qurilmani ushbu oy ichida yana sotuvga chiqarishini ma’lum qildi.

Galaxy Z TriFold 5G AQShda 20-fevral, juma kuni soat 10:00 Sharqiy vaqt / 7:00 Tinch okeani vaqti bilan sotuvga chiqadi. Ushbu yangilik kompaniya veb-saytida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga elektron pochta orqali yetkazilgan.

Foto: CNN

Samsung bu safargi zaxira miqdori oldingisidan ko‘proq ekanligi haqida ma’lumot bermadi. Shu sababli $2,899 narxidagi qurilma yana tezda sotib ketishi mumkin. Shu bois, qiziqqan xaridorlar juma kuni aniq belgilangan vaqtda Samsung veb-saytiga kirishlari zarur.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy A37 va A57 taqdimoti mart oyiga qoldirilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek