Yangilangan TANK 300 2026 qanday imkoniyatlarni oladi

20-fevral 2026 15:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangilangan TANK 300 2026 qanday imkoniyatlarni oladi
Foto: tank.com.kz

TANK 300 avtomobilining 2026-yilgi versiyada yangilandi. Bu haqda Kursiv Qozog‘iston ma’lum qildi. Model tashqi ko‘rinishini saqlab qolgan, biroq transmissiya va salon qismida muhim o‘zgarishlar seziladi.

Tashqi dizaynda City versiyasini kuzov rangiga bo‘yalgan eshik tutqichlari, oynalar va arka kengaytirgichlari orqali ajratish mumkin. Salon ichida rul qalinlashgan. Biroq yangi kumush rangli tugmalardagi belgilarni o‘qish qiyinlashgani qayd etilgan.

Multimedia tizimi endi simsiz Apple CarPlay va Android Auto‘ni qo‘llab-quvvatlaydi. Raqamli panelda klassik shkalalar paydo bo‘lgan. Old oynalar ikki qatlamli bo‘lib, shovqinni yaxshiroq izolyatsiya qiladi. Haydovchi o‘rindig‘ida esa yostiq qisqa ekani tanqid qilingan.

Foto: tank.com.kz

Qozog‘iston bozori uchun qizil salon versiyasi taklif qilinmaydi. City Plus talqinida Nappa teri mavjud, lekin ichki bezak qora rangda qoladi.

Texnik jihatdan model 2,0 litrli turbo dvigatelni saqlab qoldi. Quvvat 220 ot kuchi. Uzatma 8 pog‘onali avtomat. Asosiy yangilik uzatmalar qutisi rejimlarining kengayishidir. Endi 2H, 4A, 4H va 4L rejimlari mavjud. Bu Torque-on-Demand to‘liq uzatma tizimi bilan ishlaydi.

Blokirovkali mufta va differensiallar tufayli yo‘ltanlamas imkoniyatlari oshgan. Real sharoitda yoqilg‘i sarfi taxminan 14 litrni tashkil etadi. Bahorda 2,4 litrli, 186 ot kuchiga ega dizel versiya chiqishi kutilmoqda.

Kursiv Uzbekistan Tank shaklidagi «Buxanka» Chevrolet Tracker narxida sotuvga qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek