Sergeli bozorida Cobalt narxi qanchaga pasaydi

23-fevral 2026 12:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Sergeli bozorida Cobalt savdosi qanchaga pasaydi
Foto: You Tube’dagi Jahongir Uz kanali / Fototahrir: Kursiv Uzbekistan

You Tube’dagi Jahongir Uz kanali Sergeli avtobozoridan video tayyorladi. Unda Chevrolet Cobalt avtomobilining narxlarini ko‘rish mumkin. Modelning narxlari foydalanish holati, yurish masofasiga qarab farq qiladi.

Narxlar

Videoga ko‘ra, bozorda asosan 2022 – 2025-yillardagi Cobalt’lar taklif qilinmoqda. Ayrim yurmagan holatdagi mashinalar $12,3 ming atrofida baholanmoqda. Muallif Ramazon oyida chegirma berilayotganini aytib, ayrim avtomobillarni $12,2 minggacha tushirishini bildiradi. Ba’zi variantlar uchun narx $12 ming darajasida kelishilishi mumkinligi qayd etiladi.

8-fevral kuni 2026-yilgi Cobalt’ning MCM va Stay komplektatsiyalari $14 mingdan $14,2 minggacha narxlarda baholangan. 2025-yilgi Midnight variantlari esa $12,5 mingdan $12,8 minggacha bo‘lgan oraliqda taklif etilgan edi.

Foto: You Tube’dagi Jahongir Uz kanali

Savdolarda notarial rasmiylashtirish bepul ekani ta’kidlanadi. Ayrim mijozlar uchun kredit yoki muddatli to‘lov varianti ham mavjud. Bloger 12 ta viloyatda avtokredit rasmiylashtirish imkoniyati borligini ham eslatib o‘tgan.

Gazli variantlar va jihozlar

Foto: You Tube’dagi Jahongir Uz kanali

Taklif etilayotgan avtomobillar orasida metan va propan gazli variantlar mavjud. Ba’zilarida to‘rtta gaz balloni o‘rnatilgan. «Midnight» uslubidagi qora rangli hamda metallik bo‘yoqli modifikatsiyalar borligi ko‘rsatilgan. Salonida tugmali boshqaruv, monitor va zamonaviy opsiyalar mavjudligi ham namoyish etilgan.

Muallif ayrim avtomobillarning 15 ming km atrofida yurganini, ba’zilari esa deyarli yangi holatda ekanini aytadi. Xaridorga mashinani tekshiruvdan o‘tkazib, egasi bilan yuzma-yuz rasmiylashtirish imkoniyati borligi ta’kidlangan.

Foto: You Tube’dagi Jahongir Uz kanali

Raqobat va ogohlantirish

Bozor atrofida vositachilar ko‘p, xaridorlar ehtiyot bo‘lishi kerak. Bloger bankdan qaytgan yoki to‘lov muammosi bo‘lgan mashinalarni arzon narxda taklif qilinishi mumkinligini eslatgan. U o‘z savdo joyida avtomobillar tekshirilgan va ishonchli ekanini ta’kidlaydi.

Xaridorlar fikri

Videoda Farg‘ona, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryodan kelgan mijozlar intervyu bergan. Ular narxlar ma’qul kelgani va savdo tez rasmiylashtirilganini aytgan Ayrimlar notarial xizmat bepul bo‘lganini tasdiqlaydi. Ba’zi xaridorlar mashinani naqd pulga olganini alohida ta’kidlaydi.

KATTA PARTIYA KELDI🔥 KOBALT NARXLARI SERGELI MOSHINA BOZORI 2026 Кобалт нархлари 2026

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 8-fevral kungi Sergeli avtomobil bozoridagi narxlar haqida yozgan edi.

Shuningdek