Shomurodov Italiyada: terma jamoa sardori Masharipov bilan uchrashdi

23-fevral 2026 14:19 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Instagram / Jaloliddin Masharipov

Eronning «Istiqlol» va O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jarohati sababli Italiyada davolanmoqda. Terma jamoa sardori Eldor Shomurodov uning holidan xabar olish maqsadida Italiyaga bordi.

«Eldor ko‘rgani kelibdi. Shu yil Turkiyada to‘purar bo‘lsin deb duo qilib qo‘ydim», – deb yozib qoldirdi Masharipov o‘z Instagram sahifasida.

Foto: Instagram / Jaloliddin Masharipov

Jaloliddin Masharipov jarohat olganidan so‘ng 31-yanvar kuni chet elga yuborilgan va operatsiya qilingan edi. O‘z navbatida, jamoadoshini ko‘rishga borgan Eldor Shomurodov 21-fevral kuni Turkiya chempionatida «Alanyaspor»ga qarshi uchrashuvda penaltidan o‘zining 16-golini kiritgan.

Foto: O‘FA

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ham Italiyada reabilitatsiya jarayonini o‘tkazayotgan Jaloliddin Masharipov hamda Husniddin Aliqulov bilan uchrashgan edi. Bosh murabbiy ularning tiklanish jarayoni bilan yaqindan tanishib, tezroq safga qaytish tilagini bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rustam Ashurmatov Eronning «Istiqlol» klubiga o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek