
Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Yevropada foydalanilayotgan plug-in gibrid avtomobillar rasmiy testlarda ko‘rsatilganidan ancha ko‘p yonilg‘i sarflamoqda. Bu haqda ArenaEv avtonashri ma’lum qildi.
Fraunhofer instituti tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish 981 035 ta avtomobilni qamrab oldi va ularning o‘rtacha yonilg‘i sarfi rasmiy WLTP testlariga nisbatan 3,9 baravar ko‘p ekanini aniqlandi.
Odatiy plug-in gibrid 100 km masofaga atigi 1,57 litr yoqilg‘i ishlatadi, deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, amalda o‘rtacha sarf 6,12 litrga teng bo‘lmoqda. Hatto batareyadan avval foydalaniladigan «charge depleting» rejimida ham avtomobillar 100 kmga 2,98 litr yoqilg‘i sarfladi. Bu esa regulyatorlar kutganidan deyarli ikki baravar ko‘p.

Tadqiqotchilar shuni ta’kidlashadiki, benzin dvigateli kutilganidan tezroq ishga tushadi. Tezlashtirish, isitish yoki past batareya holatida faol bo‘ladi. Shu sababli haydovchi faqat elektr quvvati bilan harakatlanayotganini o‘ylasa ham, avtomobil benzin bilan ishlashda davom etadi.
Agar qoidalar kuchaytirilmasa, keyingi 20 yil ichida havoga qo‘shimcha 23 – 25 mln tonna karbonat angidrid chiqishi mumkin. Shu bois hukumatlar avtomobillar haqiqatan qancha yoqilg‘i ishlatayotganini oshkor qilishi, PHEVlar ekologik foydasini aniq ko‘rsatishi lozim, deydi tadqiqotchilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilning eng sifatli elektromobillari va gibridlari haqida yozgan edik.